"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi o‘yini haqida gapirdi.
"Real"ga qarshi birinchi o‘yinda "Manchester Siti" safarda 3:3 hisobida durang o‘ynagandi. Jamoalar chorshanba kuni javob o‘yinini o‘tkazishadi. Bernardu Silvaning fikricha, yangi duel oldidan o‘tgan mavsumni eslashdan foyda yo‘q.
“Bu ikki xil mavsum. Futbolda o‘yin hech qachon bir xil bo‘lmaydi. "Real" bu mavsumda o‘tgan mavsumga nisbatan kuchliroq bo‘lganini his qilyapman. Buni “Bernabeu”dagi o‘yin davomida his qildim. Albatta, ular o‘tgan yilgi natija uchun bizdan qasos olmoqchi", - deydi Silva.