Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Timur Kapadze: «Legionerlarimiz bu chempionatda o‘ynashni xohlashdi, bu albatta bizni xursand qiladi»

Timur Kapadze: «Legionerlarimiz bu chempionatda o‘ynashni xohlashdi, bu albatta bizni xursand qiladi»

Baho:
+ | -

Timur Kapadze va bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Abdurauf Bo‘riyev o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Timur Kapadze:
— Avvalambor, barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi o‘yin har bir jamoa uchun qiyin hisoblanadi. Bugun juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Eng muhimi, jarohatlar yo‘q. Tayyorgarlikda davom etamiz, xatolarimizni ko‘rib chiqamiz.

Raqib haqida
— Malayziya ham yaxshi o‘yin namoyish etdi, yaxshi himoyalandi. Aytganimdek, bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu yerga katta maqsad bilan kelgan.

Jamoa ko‘rsatgan o‘yin va imkoniyatlar haqida
— Biz bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Biroq startlar har doim ham oson kechmaydi. O‘yin davomida xatolar ham qildik, buni hali ko‘rib chiqamiz. Lekin Malayziya ham yaxshi qarshilik ko‘rsatdi.

Yakuniy ro‘yxat, legionerlar haqida
— Legionerlarimiz bu chempionatda o‘ynashni xohlashdi, bu albatta bizni xursand qiladi. Yakuniy ro‘yxatga 4 ta legioner qo‘shdik. 2 tasi ayni paytda jamoada, yana 2 tasi biroz keyinroq yetib keladi.

Tarkibdan joy olmagan futbolchilarga ham rahmat aytmoqchiman. Ular jamoa uchun borini berishdi, tayyorgarligimizda ham muhim o‘rin tutishdi.

Kuvaytga qarshi rotasiya haqida
— Buni ko‘rib chiqamiz, turnir taqvimi juda tig‘iz. Biz hamma futbolchilarimizga ishonamiz, imkoniyat albatta beriladi.

Abdurauf Bo‘riyev:
— Xalqimizni, muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Malayziya yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, qiyin bo‘lgan o‘yinda g‘alaba qozondik. Shu bilan to‘xtab qolmasdan, xatolar ustida ishlaymiz.

Keyingi o‘yin haqida
— Albatta natija muhim, biz bu yerga katta maqsadlar bilan keldik. O‘zimiz ishtirok etadigan hamma o‘yinda g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritmoqchimiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:15, 17.04.2024.
O'qildi: 2444 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.