Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati-2024 mezbon shaharlari e’lon qilindi

Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati-2024 mezbon shaharlari e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Yurtimiz so‘nggi yillarda xalqaro miqyosidagi nufuzli futbol va futzal bo‘yicha musobaqalarni qabul qilish yuzasidan katta qadamlarni tashlamoqda. Ayniqsa, FIFAning 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligini O‘zbekistonga ishonib topshirishi bu borada olib borilgan keng ko‘lamli ishlarning mahsuli bo‘ldi.

Futzal bo‘yicha dunyo mundialining hal qiluvchi uchrashuvlari mezboni sifatida uchta betakror shaharlar – poytaxt Toshkent, qadimiy Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Buxoro va vodiy durdonasi sanaladigan Andijon tanlab olindi.

Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi futzal bo‘yicha Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan musobaqada amaldagi g‘olib Portugaliyadan tortib, besh karra chempion Braziliya, shuningdek, Fransiya va Yangi Zelandiya kabi debyutantlar joriy yilning 14-sentyabr va 6 oktyabr kunlari yurtimizda jam bo‘lishadi. Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladigan mundialning qur’a tashlash marosimi kelasi oy yurtimizda tashkil etiladi.

«Biz O‘zbekistonning boy va rang barang madaniyatini aks ettiruvchi uchta shahri mezbon sifatida tanlab olinganidan juda ham mamnunmiz. Ishonchim komil – 24 ta ishtirokchi terma jamoa buyerda o‘zini xuddi uydagidek his etadi va eng yaxshi sharoitlarda mashg‘ulot va o‘yinlarini o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishadi.

Mazkur musobaqa O‘zbekistonda, umuman Markaziy Osiyoda o‘tkaziladigan dastlabki FIFA turniri sanaladi va bu jihat musobaqaning qiymati va ahamiyatini yanada oshiradi. Bu tashkilotimizning yanada global miqyos kasb etish bo‘yicha maqsadlariga to‘la mushtarak keladi», — dedi FIFA musobaqalar o‘tkazish bo‘limi rahbari Haime Yarza.

Bu xususda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov shunday dedi:

«Bu ajoyib tadbirga mezbonlik qilish biz uchun katta sharaf. O‘zbekiston jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan ajoyib mamlakat va biz endi dunyoning eng yaxshi futzalchilari va murabbiylarini qabul qilish va ularni ushbu maftunkor maskan bilan yanada yaxshiroq tanishtirishga hozirlik ko‘rishimiz mumkin. Futzalning butun dunyoga mashhurligini inobatga olgan holda, butun jahondan minglab muxlislar tribunalarni to‘ldirib, o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashi, barchaning ushbu tadbirdan bahramand bo‘lishi va ajoyib muhit yaratishlarini kutyapmiz.»

Qayd etish joiz, futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati-2024 rasmiy qur’a tashlash marosimi shu yilning 26 may sanasida tashkil etiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:55, 19.04.2024.
O'qildi: 2930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.