Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

SSKA Abbos Fayzullayevni U23 Osiyo kubogiga qachon qo‘yib yuborishini ma’lum qildi

SSKA Abbos Fayzullayevni U23 Osiyo kubogiga qachon qo‘yib yuborishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

SSKA klubi matbuot xizmati yarim himoyachi Abbos Fayzullayevni U23 Osiyo kubogiga qachon qo‘yib yuborishini ma’lum qildi.

"O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan ko‘ptarmoqli mustahkam aloqalar o‘rnatilganini ko‘pchilik biladi. Shubhasiz, Parij olimpiadasi uchun saralash bosqichini o‘tab beradigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogining muhim ekanini tushunamiz. O‘zbekiston olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, tarixiy voqeani qayd etishi mumkin. Shu bois, ushbu musobaqaga Hukumat darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Ammo, shu bilan birgalikda, hamkorlarimiz klub uchun mavsumning muhim pallasi kechayotganini tushunib turibdi. Zich taqvim bizni kutib turibdi. Jamoa payshanba kuni «Spartak» klubiga qarshi muhim o‘yinni o‘tkazadi. Muxlislar uchun mazkur derbi qanchalar ahamiyatga ega ekanini ortiqcha tushuntirish shart emas. Aynan mazkur bahsga qadar U23 Osiyo kubogining guruh bosqichi yakuniga yetadi. Ishonchimiz komil, O‘zbekiston guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tadi. Abbos esa «Spartak»ga qarshi o‘yindan keyin Osiyo kubogining chorak finaldan boshlab O‘zbekistonga yordam berishi mumkin.

Muhim o‘yinlarda mamlakat sha’nini himoya qilish har bir futbolchi uchun sharafli vazifa. Unda ishtirok etish Fayzullayev uchun qanchalik muhim ekanini bilamiz. Uzoq davom etgan va yuqori darajadagi muzokaralardan so‘ng barcha tomonni qanoatlantiruvchi yechim topildi.

Biz Abbosga muvaffaqiyat tilagan holda uning jamoaga qaytishini kutamiz. Osiyo kubogining final o‘yini 3 may kuniga belgilangan", — deyiladi SSKA matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: stadion.uz

Маълумот ўрнида. ЦСКА - "Спартак" ўйини 25 апрель куни бўлиб ўтса, Ўзбекистон олимпия терма жамоаси чорак финал баҳсини 26 апрель куни ўтказади.

Kiritildi: 22:19, 19.04.2024.
O'qildi: 11828 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик