Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Luka, Zagreb qaytishingga ilhaq

Luka, Zagreb qaytishingga ilhaq

Baho:
+ | -

Zagrebning «Dinamo» klubi prezidenti Velimir Zayes mitti Luka Modrichni ortga qaytarish niyatida. U bu masalada amaliy harakatni ham boshladi.

To‘g‘ri, Xorvatiya klubi rahbari birinchi urinish uchun ancha noodatiy yo‘l tanladi. Oddiy aytganda, Zayes shunchaki, Marca gazetasining to‘liq bir betini sotib oldi. Ha, «Real» yarim himoyachisiga alohida murojaat yo‘llash uchun!

Umuman, Zagreb «Dinamo»sida hamma Luka Modrich faoliyatini aynan Xorvatiyada yakunlashini istaydi. Jamoa prezidenti Velimir Zayes «Real» hayotida katta iz qoldirgan mitti xorvatni Marca gazetasining to‘liq bir betiga joylashtirilgan ta’sirli murojaat vositasida vatanga qaytishga chaqirish uchun qancha to‘lagani ma’lum emas. Tabiiyki, Ispaniyada katta nufuzga ega nashrning sahifasi arzon emas. Murojaatga kelsak, sahifada 38 yoshli futbolchining familiyasi bitilgan 10-raqamli forma aks ettirilgan. Albatta, «Dinamo»niki. Ulkan surat ostida esa ma’noli chaqiruv yozilgan: «Bu mantiqli yakun bo‘lardi». Noodatiy yurish, original yondashuv. Aytish kerak, aynan Zagreb klubi tarbiyalanuvchisi sanalgan Luka Modrich va «Real» o‘rtasidagi shartnoma joriy mavsum oxirida o‘z kuchini yo‘qotadi. Ma’lumot uchun, «Madrid»ga «Tottenxem» orqali o‘tgan xorvatiyalik yarim himoyachi 12 yildan buyon jamoa bilan birga. U ortda qolgan vaqtda CHLning o‘zida 5 marta zafar quchdi va «Oltin to‘p» sohibiga ham aylandi.

Mundo Deportivo nashrida yozilishicha, joriy mavsum Turkiya Superligasi yo‘llanmasini muddatidan oldin rasmiylashtirgan «Eyupspor» klubi ham Luka Modrichni o‘z safiga chorlamoqda. Ta’kidlanishicha, mashhur Arda Turon boshqaruvidagi jamoa kelasi mavsum uchun tarkibini keskin darajada kuchaytirmoqchi. Jumladan, klub rahbariyati JCH-2018 finalchisi xizmatiga jiddiy qiziqmoqda. Tarkibida hamyurtimiz Jahongir O‘rozov shug‘ullanayotgan «Eyupspor» menejeri allaqachon Modrichga real taklif tayyorlashga kirishgani aytilmoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 26.04.2024.
O'qildi: 914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик