Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«El-klasiko»ning La ligaga «qora» tomoni

«El-klasiko»ning La ligaga «qora» tomoni

Baho:
+ | -1

Bu safargi «El-klasiko» La Liga obro‘siga xizmat qilmagani aniq.

 Zero, 3:2 hisobida yakunlangan uchrashuvning 28-daqiqasida «Barselona» vingeri Lamin Yamal burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga burib yuborgach, bahsli vaziyat yuzaga keldi. Ya’ni to‘p darvoza chizig‘ini qisman kesib o‘tgach, «Real» darvozaboni Andrey Lunin uni qaytarib yubordi. La Ligadek chempionatda golni aniqlash tizimi yo‘qligidan bosh hakami Soto Grado VAR xulosasiga tayanib, gol yo‘qligini qayd etdi.

VAR tizimining bahsli qarorlarini o‘rganib chiqishga ixtisoslashgan Archivo VAR xulosasiga ko‘ra, hakamlar o‘sha vaziyatda «Barselona» va Lamin Yamalni toza goldan musuvo qilishgan. Hatto to‘p chiziqdan 100 foiz o‘tgani grafada ko‘rsatib berildi. Aytish o‘rinli, La Liga prezidenti Xavyer Tebas o‘tgan yilning may oyida chempionatda golni avtomatik tarzda qayd etadigan tizimni joriy etishni ma’qullamagan ekan. Chunonchi, bu tizim xizmati yiliga 3 mln. yevro chiqim qilishni talab etgan.

Ertasiga Marca nashri o‘sha vaziyatda bosh hakam va VAR tizimida ishlagan Xose Mariya Sanches Martines o‘rtasidagi dialogni e’lon qildi. Unga qarasak, hakamlar jamoasi qaror chiqarishda ancha qiynalgan, rosa ikkilangan. Mana, dialogning qisqacha mazmuni: 

VAR: - To‘xta, tekshiryapmiz, biroz shoshma, o‘yinni boshlamay tur...

Soto Grado: - Kutyapmiz. Golni aniqlash tizimi yo‘q. To‘p chiziqdan o‘tgan bo‘lishi mumkin. Tekshirilyapti.

VAR: - To‘p Lunin qo‘liga tekkan vaziyatda to‘xtat. Kut, har tarafdan ko‘rib chiqyapmiz, chunki kerakli rakurs yo‘q.

Soto Grado: - Kutyapmiz. 

VAR: - Kadr Lunin tanasi ko‘rish imkonini bermayapti. To‘xta, shoshma. Dalil izlayapmiz. 360 gradus. Bu to‘g‘ri kelmaydi, bunisi ham...

Soto Grado: - Shoshmaymiz. Bu juda muhim qaror, sizlar ham shoshilmang. Barcha kameralar bo‘yicha tekshiring.

VAR: - Boshqa kadr yo‘q. 

Soto Grado: - Shoshmaymiz, kutgan ma’qul. Kutamiz.

VAR: - O‘yinni burchak zarbasi bilan davom ettiramiz, to‘p chiziqni to‘liq kesib o‘tgani borasida isbot yo‘q. To‘p kirganini ko‘rsatuvchi kadr yo‘q. Burchak to‘pi...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:30, 29.04.2024.
O'qildi: 6138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик