Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Statistika: Bunaqasini futbol hali ko‘rmagan...

Statistika: Bunaqasini futbol hali ko‘rmagan...

Baho:
+ | -

Ha, futbol olami hozirgacha bir jamoa tarkibida shu qadar sermahsul to‘p surayotgan qanot himoyachilarini duch kelmagandi.

Aleks Grimaldo va Jeremi Frimpong birgalikda barcha turnirlarda 48ta samarali harakatni amalga oshirishdi. Modomiki, mavsum hali nihoyasiga yetgani yo‘q.

Grimaldo gol+pas tizimida Florian Virtsdan keyin (32 ochko) 2-o‘rinda bormoqda. Frimpong esa 4-pog‘onada, 25 ochko to‘plagan Viktor Bonifase laterallar orasidan joy olgan. Himoyachilarning sermahsulligi tufayli, asosiy hujumchining uzoq vaqt maydonga tusha olmagani jamoa o‘yinlariga ziyon yetkazmadi.

Top-ligalar miqyosida Frimpong-Grimaldo juftligi eng sermahsul qanot himoyachilari. 10 balldan ko‘proq jamg‘arishga faqat «Inter» vakili Federiko Dimarko va «Nyukasl» a’zosi Kiran Trippyer (11 balldan) muvaffaq bo‘lishgan. 

Aleks va Jeremining sermahsulligi ko‘plab afsonaviy hujumkor himoyachilar natijalariga taqqoslaganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, Dani Alvesh 25 (4+21), Roberto Karlos 23 (10+13), Jordi Alba 20 (3+17), Maykon 19 (7+12), Marselo 16 (3+13) ochko jamg‘argan. Agar «Bayer»da faqat Grimaldo yoki Frimpong porlaganida, yanada qudratliroq ko‘ringan bo‘lardi.

Kickerning hisob-kitoblariga ko‘ra, Grimaldo-Frimpong juftligi - Bundesligadagi eng sermahsul duet. Ulardan avval Ashraf Hakimi va Rafael Gerreyru 2019|20 yillar mavsumida «Borussiya Dortmund» safida eng yuqori natijani qayd etishgandi.

Grimaldo va Frimpong «Bayer»ga qayerdan kelishgan?

2021 yil yanvarida «Bayer» 20 yoshli Jeremini «Seltik»dan xarid qilgan. Frimpong aslida «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi, shotland klubida 1,5 yil to‘p surgan bo‘lsada, klubga katta daromad keltirgan: 360 000 yevroga olingan futbolchini «Seltik» 11 mln.ga sotdi. Hozir 23ga chiqqan Frimpong esa dastlabki to‘liq mavsumida 7 (1+6), keyingisida 15 (8+7) ball jamg‘arib, qit’aning eng xavfli qanot himoyachilari safiga ko‘tarildi.

Aleks Grimaldo esa 28 yoshida top-liga futbolchisiga aylandi - 2023 yil mayida erkin agent maqomida «Bayer»ga o‘tdi. «Barselona» akademiyasining tarbiyalanuvchisiga asosiy jamoada talab bo‘lmagach, «Benfika»ga yo‘l oldi va 8 yil samarali to‘p surdi. Jumladan, 2018|19 va 2022|23 yillar mavsumida 21 (8+13) va (7+14) ball to‘pladi. Ke­yin Xabi Alonso uni «Bayer»ga taklif etdi.

Grimaldo-Frimpong juftligi asosan yuqori pozisiyalarda harakat qiladi, to‘p bilan muomala qilish markaziy himoyachilar uchligi va tayanch yarim himoyachilari orqali bo‘ladi.

«Bayer»ning kontrpressingdagi ustunligini statistik ma’lumotlar tasdiqlaydi: yo‘qotilgan to‘pni jamoa 6 soniya ichida qaytarib oladi. Buning 56,2 foizi oldingi chiziqda amalga oshiriladi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha faqat «Liverpul» yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. «Bayer» o‘z raqiblariga qarshi hujum uyushtirish imkoniyatini bermagani bois, hujumkor himoyachilarda o‘z jarima maydonchalariga qaytish zarurati kam bo‘ladi. Ular asosiy e’tiborni hujumkor harakatlarga qaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Grimaldo - aqlli va mahoratli, standartlar va g‘ayritabiiy gollar ustasi

«Aqlli» va «mahoratli» siyqasi chiqqan iboralar bo‘lsada, Grimaldo tabiatini mukammal ifodalaydi. Unchalik sovuqqonlik bilan mohirona to‘p suradigan va yechim topadigan himoyachi yo‘q hisobida. Qisqasi, Grimaldo chap qanotda amalga oshirish lozim bo‘lgan barcha yumushlarni a’lo darajada uddalasa, Frimpong o‘ng qanotda shunday to‘p suradi. Farqi - Jeremi tezkorlik evaziga, Aleks esa vaziyatni oldindan his etish evaziga samarali o‘yin ko‘rsatadi. Buni futbolda intellekt, deb atashadi.

Grimaldoning fishkasi - olis masofadan, ayniqsa, standart vaziyatlardan yo‘llanadigan zarbalar. Bu 1-davradagi «Bavariya»ga qarshi bellashuvda (2:2) namoyon bo‘lgan, Aleks yo‘llagan to‘pning trayektoriyasiga hatto Leroy Sane ham qoyil qolgandi. Alonsoning fikricha, aniq zarbalar siri shogirdining ixcham oyoqlarida. Grimaldo - Alonsoning «Bayer»dagi muxlisi. Jamoada hech kim Xabi haqida unchalik ko‘p ijobiy fikr bildirmaydi.

Marhamat, 3ta shunday e’tiroflar bilan tanishing:

1. Maqtovlar va tanqidlar uslubi: «Xabi doimo o‘ta talabchan, lekin hech qachon izzat-hurmatni unutmaydi. Mashg‘ulotda noaniq uzatma bersak, o‘sha zahoti tanbeh beradi: «bunday xatoga yo‘l qo‘ymasliging shart». Lekin uzatma zo‘r chiqsa, birinchi bo‘lib maqtaydigan ham u».

2. Xabining hozir ham o‘ynay olishi haqida: «U hamon sport formasini yo‘qotmagan. futbol olamida u kabi  uzatma bera oladigan futbolchi juda kam. To‘pni olib yurish mashqi paytida tezlikni oshirib, qanday sur’atda o‘ynash kerakligini amalda namoyish etadi».

3. Nihoyat, shunchaki, o‘ta yoqimli sitata: «Uning yosh kasbdoshlarim bilan ishlashini kuzatish menga yoqadi. 20 yoshli paytimda aynan Xabidek ustozni orzu qilganman».

Frimpong - sprint, sprint, sprint, sprint, aldamchi harakat, sprint, sprint, sprint, sprint, uzatma, sprint, sprint, sprint, sprint, zarba, sprint (golni nishonlash uchun)

Frimpong uchun yoqimli fakt: mart oyida u raqib jarima maydonchasida to‘p olib yurish borasida Bundesligada yetakchi, undan 400 daqiqa ko‘proq o‘ynagan Xarri Keyn undan orqada edi. Xarri hamon Frimpongdan orqada! Xoland va Levandovskilar ham. Biroq Jeremi endi 2-o‘rinda. «RB Leypsig» hujumchisi Loi Openda undan o‘zib ketdi - 181ga 172. 90 daqiqa bo‘yicha hisoblaganda, Frimpong yaxshiroq, lekin biribir, 2-o‘rinda. Bu borada Bonifase oldinda.

Jarima maydonchasi ichidagi samarali harakatlarini Jeremi tezkor reydlari tufayli amalga oshiradi. U 59ta samarali yurish bilan yaqqol yetakchi. Uning ko‘rsatkichi «Xaydenxaym»ning jamoaviy natijasidan atigi 9ta kamroq. Frimpongning yana bir ilohiy ustunligi - cheksiz sprintlar bosimida paylarining shikastlanmasligi. Uning ixchamgina gavdasi tuganmas kuchga to‘lgan.

Ehtimol, shunchalik hujumkor harakatlardan tashqari, Grimaldo va Frimpongning himoya chizig‘idagi faoliyati ham qiziqtirayotgandir. Grimaldoga ko‘pincha tezlik va keskinlik yetishmaydi. Frimpong o‘rtachadan pastroq, himoya chizig‘i talablariga javob bera olmaydi. 5 kishilik himoya chizig‘i zaiflikni sezdirmaydi. Shuningdek, Jeremining o‘yinida ijobiy siljish ham yo‘q emas.

Frimpongning fikrini inkor etish ham noto‘g‘ri: «Ko‘pchilik vaznim himoyada o‘ynash uchun yetarli emas, deb hisoblaydi. Lekin hozir organizmim ancha kuchli, meni avvalgidek to‘p yonidan turtib yuborishmaydi. Garchi men vazn to‘plash bilan shug‘ullanmagan bo‘lsam ham. Vaznim og‘irlashsa, tezlikni yo‘qotib qo‘yishim mumkin».

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:14, 03.05.2024.
O'qildi: 1758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.