Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

4:3, 3:4, 5:4 – aprelning eng xushchaqchaq jamoasi

4:3, 3:4, 5:4 – aprelning eng xushchaqchaq jamoasi

Baho:
+ | -

«Brest»ning «Renn»ga qarshi o‘yini - aprelda kuzatilgan telbavorlikning yuqori nuqtasi.

9-daqiqagacha 2ta gol qo‘yib yuborgan jamoa ikkinchi bo‘lim yarmiga bormay, hisobni 4:2ga oshirdi. Biroq «Renn» qo‘l ko‘tarmadi va 79-daqiqada muvozanatni tikladi - 4:4. 90+5-daqiqada esa himoyachi Lilian Brassye «Brest» g‘alabasini ta’minladi. 5:4 - bu Fransiya chempionati-2023|2024dagi eng sermahsul natija. Umuman, Liga 1ning muayyan o‘yinida oxirgi marta 2009 yili bundan ko‘proq gol qayd etilgandi. O‘shanda «Lion» va «Marsel» o‘rtasidagi otishma 5:5 hisobida yakunlangan edi.

Umuman, «Brest» aprelda Liga 1ning eng mahsuldor 7ta o‘yinidan 3tasida ishtirok etdi. Alohida fakt: ushbu quvnoq jamoa o‘zining 74 yillik tarixida ilk marta yevrokuboklarda o‘ynash huquqini naqd qildi. Hozirda 3-o‘rinda borayotgan klub hattoki, CHL chiptasiga da’vogar. Diqqatga sazovor tomoni, transfermarkt portali ma’lumotlari bo‘yicha aytsak, «Brest» Liga 1ning eng arzon ishtirokchilaridan biridir. Aniqrog‘i, CHLga intilayotgan klub tarkibdagi futbolchilarining umumiy transfer summasi bo‘yicha chempionatda atigi 5ta jamoadan oldinda, xolos. Nima derdik, «Brest» kamtarlik va quvnoqlikni ideal darajada uyg‘unlashtirmoqda. Qoyil.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:42, 06.05.2024.
O'qildi: 1151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик