Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn Yevro-2024'da o‘ynay olmaydimi?

Keyn Yevro-2024'da o‘ynay olmaydimi?

Baho:
+ | -

Xarri Keyn Yevropa chempionatiga qadar jarohatidan tuzalib ketadi.

Bel qismidagi muammolar tufayli “Bavariya” hujumchisi Chempionlar ligasi yarim finalining “Real” bilan javob o‘yinida almashtirildi (1:2) va Bundesliga doirasida “Volfsburg”ga qarshi o‘yinni (2:0) o‘tkazib yubordi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining mavsumning so‘nggi o‘yinida ("Hoffenxaym"ga qarshi) ishtirok etishi hamon so‘roq ostida. Biroq, angliyalik futbolchi Yevro-2024da ishtirok eta oladi.

Futbolchiga yaqin manbalar hujumchi Yevro-2024 ga "100 foiz tayyor" bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Angliya terma jamoasi Serbiya, Daniya va Sloveniya bilan bir guruhdan joy oladi.

Kiritildi: 17:26, 13.05.2024.
O'qildi: 1478 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик