Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" 38 yoshli murabbiy bilan bog‘landi

"Manchester Yunayted" 38 yoshli murabbiy bilan bog‘landi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Manchester Yunayted" yozda bosh murabbiyini almashtirishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, yaqinda "Ipsvich"ni chempionshipdan Premyer-ligaga olib chiqqan Kiran Makkenna "qizil iblislar"ning radarida.

MailSport nashriga tayanib, Transfer News Live xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" allaqachon 38 yoshli Makkenna vakillari bilan bog‘langan. Avvalroq ushbu shimoliy irlandiyalik mutaxassis "qizil iblislar" murabbiylar shtabida Joze Mourinyo va Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida ishlagan. Bundan tashqari, Makkenna “Manchester Yunayted” yoshlar jamoasini boshqargan va klubda skaut sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Kiran Makkenna 2021 yil dekabr oyi o‘rtalaridan beri "Ipsvich"ga murabbiylik qilib keladi.

Kiritildi: 20:28, 16.05.2024.
O'qildi: 2326 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.