“Shtutgart” hujumchisi Deniz Undav Bundesligadagi mavsum yakunlari haqida gapirdi.
Shvabiyaliklar Germaniya chempionatining yakuniy jadvalida 73 ochko jamg‘arib, “Bavariya”ni 1 ochkoga ortda qoldirib, ikkinchi o‘rinni egallashdi. "Bayer" 90 ochko bilan chempion bo‘ldi.
"Uch oy oldin "Bayer" bilan o‘yindan keyin Germaniyaning ikki eng yaxshi jamoasi bir-biriga qarshi o‘ynaganini aytdim. Hamma ustimdan kuldi. Lekin men haq edim shekilli.
Endi hammangiz mendan kechirim so‘rashingiz mumkin", - dedi Undav jilmayib.