Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Vitaliy Levchenko: “Hujumkor emas, zamonaviy futbol o‘ynadik”

Vitaliy Levchenko: “Hujumkor emas, zamonaviy futbol o‘ynadik”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko qatnashib, jurnalistlarning  savollariga javob berdi.

Mehmonlar ustozi odatdagidek o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Raqib deyarli hech nima yarata olmadi. “Navbahor”ni yaxshi o‘rganib chiqqandik. Bugungi uchrashuvda durang adolatli natija bo‘lar edi. Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Bizni qo‘llab- quvvatlash uchun Namanganga kelgan barcha muxlislarga rahmat. Ular bugun ajoyib atmosfera yaratishdi.

- Biz bugun hujumkor “Neftchi”ni ko‘rdik. Siz o‘zgarishlarga ham ko‘p qul urmoqdasiz. Bugungi uchrashuvga tayyorlagan rejangiz hujumkor futbol namoyish etish edimi yoki o‘yin vaqti shunday uslub tanlashga majbur bo‘ldingizmi?

- Hujumkor emas, zamonaviy futbol o‘ynadik. Zamonaviy futbolda barcha birga hujum qilish va birga himoyalanishi kerak. Biz bugun g‘alaba uchun maydonga tushgandik hamda  ko‘proq hujumchilarni almashtirdim.

- Muxlislar haqida gapirib o‘tsangiz?

- Vodiy jamoalarining muxlislari har doim o‘z jamoasini faol tarzda qo‘llab-quvvatlashadi. Bugun ham ikki jamoaning muxlislari ajoyib atmosfera yaratishdi. Ularga rahmat aytamiz. Muxlislar bizga ishonishda davom etmoqda. Bu esa hurmatga sazovor jihat.

- Bugun Botirali Ergashevni asosiy tarkibda maydonga tushirdingiz. Bu majburiy o‘zgarishmidi yoki ixtiyoriy?

- Ikki darvozabonimizning darajasi teng. Botirali milliy terma jamoa darvozaboni va unga ishonch bildirishimiz tabiiy. Ikkita teng darajali darvozabonimiz bor. Ergashev bugun yaxshi o‘ynadi.

- Bugun hujumchilarni o‘zgartirdingiz. Norchayev va Nsungusilar maydonga tushishganidan keyin jamoaning hujumlari yanada xavfliroq ko‘rinish ola boshladi. Ikki nafar hujumchi bilan maydonga tushish rejangiz bormidi?

- Norchayev bor-yo‘g‘i ikki kun avval jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Uni ertaroq maydonga tushirish yoki asosiy tarkibga qo‘yish hali xavfli. Husayn tiklanishda davom etmoqda. Effiong esa maydonga tushdi va ancha foyda keltirdi, ammo jamoada boshqa futbolchilar ham bor hamda bu sog‘lom raqobat. Kim yaxshiroq o‘ynasa, o‘sha futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushadi. 

Neftchi o‘z vaziyatlaridan unumli foydalana olmayapti. Jamoaga bir nima yetishmayotgandek. Neftchi”ning g‘alaba qozonishiga nima yetishmayapti deb o‘ylaysiz?

- Biz yangi jamoa tuzdik. Barcha muammolar hal etilib, bir tizimga o‘tishimiz uchun biroz vaqt kerak. Jamoani yig‘ish birinchi bosqich. Ikkinchi bosqich esa yangi jamoani bir uslubga moslashtirish. Biz ikkinchi bosqichdamiz va bizga barqarorlik yetishmayapti. Ko‘p futbolchilarimiz terma jamoa yig‘inlariga yo‘l olishdi va shu sababli, orada uzilish bo‘ldi. Hali hech nima yo‘qotilmaydi. Biz jangni boy bermadik.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:08, 20.05.2024.
O'qildi: 930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.