Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Fevzi Davletov: "Bizga kuchli zaxira yetishmadi"

Fevzi Davletov: "Bizga kuchli zaxira yetishmadi"

Baho:
+ | -

Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Surxon" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bunyodkor" va "Dinamo"ga qarshi bellashuvlarda ikkinchi bo‘limda charchab qolib, o‘zimiz xohlagan o‘yinni ko‘rsata olmagan edik. Bugun kuchli raqib, Superliganing yetakchilaridan biriga qarshi 90 daqiqa tengma-teng kurashdik. O‘yindan qoniqdim, natijadan esa yo‘q.

Ha, Ulug‘bek bugungi to‘qnashuvda biroz yo‘qolib qoldi. Raqib ham juda kuchli ekanini esdan chiqarmaslik kerak. Ha, kam vaziyat yaratdik, raqiblar esa birgina xatodan foydalanib, gol urib ketdi. Avvalgi 2ta o‘yinni tahlil qilib chiqdik: 2-taymda yo‘qolib qolayotgandik, bugungi kabi xotirjamlik bilan to‘pni nazorat qila olmayotgandik. Bugun esa ikkinchi zonadan uchinchisiga o‘tishda ancha bosiqlik bilan harakat qilishga muvaffaq bo‘ldik. Balki, raqib atayin bunga imkon bergandir, lekin bugun hujumni tashkillashtirish jarayonida hammasi o‘xshadi, faqatgina gol ura olmadik.

Hali vaziyatni ko‘rib chiqishga ulgurmadim, nimadir deyishim qiyin. 50-50 vaziyat, o‘ylaymanki, qarorni mutaxassislar chiqargani ma’qul. Agar VAR hakamni qoidabuzarlik yuzasidan chaqirgan bo‘lsa, penalti belgilanishi kerak edi. Lekin nimadir deya olmayman.

Yana qaytaraman, raqib juda ham kuchli edi. Balki, bizga zaxira yetishmagandir: hujumkor futbolchilarimiz ko‘proq bo‘lganda old chiziqni kuchaytirgan bo‘lardik. Vaholanki, qanotdan juda ham osonlik bilan hujumga o‘tdik, biroq jarima maydonchasida qo‘shimcha kuchlar kerak edi. Ammo baribir, Nasaf Chempionlar Ligasida o‘ynaydigan kuchli jamoa ekanligini unutmaslik kerak. Ular xalqaro maydonda ham o‘z salohiyatini ko‘rsata oldi, juda ham tezkor jamoa.

O‘z navbatida, futbolchilarimga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytib o‘tmoqchiman. Shuningdek, muxlislar ham juda zo‘r qo‘llab-quvvatlashdi, ularga ham tashakkur.

Stadion bo‘yicha ochig‘i, bu borada menda aniq ma’lumot yo‘q. Yangilik bo‘lsa, albatta, xabar beramiz. Maydon O‘zbekiston Professional futbol ligasi tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tsa, ikkinchi davrani Termizda o‘tkazamiz", - dedi Davletov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:22, 21.05.2024.
O'qildi: 742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик