Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Modrich: "Futbol olami qayg‘uda, chunki tarixni o‘zgartirgan futbolchi ketmoqda"

Modrich: "Futbol olami qayg‘uda, chunki tarixni o‘zgartirgan futbolchi ketmoqda"

Baho:
+1 | -

Yarim himoyachi Luka Modrich jamoadoshi Toni Kroosning ketishi haqidagi xabarga izoh berdi.

“Bu haqda yozish qiyin. Futbol olami qayg‘uda, chunki tarixni o‘zgartirgan futbolchi ketmoqda. Tan olaman, men ham juda xafaman. Siz "Real Madrid" va ushbu sportning afsonasisiz. Men siz bilan o‘ynashni yoqtirardim va siz bilan "Real Madrid"da yarim himoyani baham ko‘rish katta sharaf edi.

Sizni o‘ziga xos, o‘zgacha futbolchi qiladigan fazilatlaringiz bor. Hech qachon boshqa Toni Kroos bo‘lmaydi. Unutilmas Yevropa oqshomlari, sovrinlar yutish, Bernabeu sehri.

Klubda o‘tgan bu oltin vaqt xotiramizda abadiy qoladi. Siz hamma narsaga erishdingiz, ammo bizda yana bitta muhim maqsad bor - biz 15-marta Chempionlar ligasi kubogi uchun ketyapmiz. Seni sog‘inaman, do‘stim”, — deb yozdi Modrich ijtimoiy tarmoqlarda.

Kiritildi: 07:46, 22.05.2024.
O'qildi: 6729 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик