"Bavariya" Vensan Kompanini bosh murabbiylikka taklif qilish ustida ish boshladi, deya xabar beradi Sky.
Tomonlar dastlabki aniq muzokaralarni o‘tkazdilar. Belgiyalik mutaxassis nemis tilini yaxshi biladi, 2006 yildan 2008 yilgacha u "Gamburg"da o‘ynagan. Ko‘pchilik "Bavariya" vakillari unda katta salohiyat ko‘rmoqda.
2022 yildan beri Vensan "Byornli" boshqarib kelmoqda, u avval klubni Premyer-ligaga olib chiqdi, ammo darhol yana quyi ligaga tushib ketdi. Amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo‘ljallangan.