"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Toni Kroosning futbolchilik faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga izoh berdi.
"Real Madrid"ning 34 yoshli yarim himoyachisi Germaniya terma jamoasida Yevro-2024da o‘ynaganidan so‘ng butsalarini mixga osadi.
“Yorqin karyera bilan tabriklayman! Siz tarix yaratdingiz va yillar davomida erishgan narsalaringiz bilan cheksiz faxrlanishingiz mumkin. Yaqinda Germaniya terma jamoasi bilan oxirgi raqsda ko‘rishguncha", — deb yozdi ter Shtegen ijtimoiy tarmoqlarda.
Germaniya terma jamoasining o‘z uyida bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati guruh bosqichidagi raqiblari Shotlandiya, Vengriya va Shveysariya terma jamoalari bo‘ladi.