Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Barselona" Flik yordami bilan bu transferni tezlashtirmoqchi

"Barselona" Flik yordami bilan bu transferni tezlashtirmoqchi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi bugun kechqurun "Betis"ga qarshi o‘yindan so‘ng Xavi Ernandesning bosh murabbiy sifatida iste’foga chiqarilganini e’lon qiladi.

Mundo Deportivo'ning xabar berishicha, "Barselona" Flik yordamidan foydalanib, "Bavariya" yarim himoyachisi Jozua Kimmixni jamoaga qo‘shib olmoqchi. 

Aynan tayanch pozisiyasi bu mavsumda "ko‘k-anorranglilar"ning zaif tomonlaridan biri bo‘ldi va keyingi murabbiy kim bo‘lishidan qat’i nazar, bu nuqtani kuchaytirish klub uchun ustuvor vazifa bo‘ladi.

Hozircha "Barselona" agar klubning FFP shartlari imkon bersa, Oriol Romeu o‘rniga Gido Rodrigesni o‘z safiga qo‘shishga tayyorlanmoqda.

Ammo Kimmix kataloniyaliklarga bu lavozimda juda yoqadigan yana bir futbolchi va uning shartnomasi 2025 yilda tugaydigan bo‘lsa, uni yozda "Bavariya"dan olib ketish unchalik qiyin bo‘lmasligi mumkin.

Kimmix Flik “Bavariya” klubida murabbiy bo‘lganida ham, Germaniya terma jamoasini boshqarganida ham uning qo‘l ostida o‘ynagan edi.

Kiritildi: 12:56, 25.05.2024.
O'qildi: 5651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик