Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Mirjalol Qosimov: «Bu o‘yin futbolning bezagi bo‘ldi»

Mirjalol Qosimov: «Bu o‘yin futbolning bezagi bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliga 9-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – OKMK (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Neftchi»ni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Futbolning bezagi bo‘ldi. Muxlislar rohatlanishdi. Kurashlarga boy bo‘ldi, ikkala jamoa maydonga g‘alaba uchun chiqishgandi. Chiroyli o‘yin guvohi bo‘lishdi. Og‘ir o‘yin bo‘lishini bilgandik. Yutqazishni ham bilish kerak. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bu yerdan turib gapirish oson. Himoyalanish bor, himoyadan qarshi hujumga o‘tish va keyin yana himoyalanish kerak bo‘ladi. Bu to‘g‘risida darvozabonlarni murabbiyi ham bor, ular ham ta’kidlashadi. Hamma juda yaxshi biladi. Menimcha, u Olmaliqda ham gol urgandi. Hozir yechinish xonasida ham aytdim, gol urilishidan 3-4 daqiqa oldin bizda juda qulay imkoniyat bo‘lgandi, to‘g‘rimi? Nodir to‘pni oshirganida Xurshid birga-bir chiqib gol urib ketishi mumkin edi. Futbol shunaqa. Bitta epizod o‘zgartirib yuboradi. O‘sha paytda to‘pni sherigiga uzatganida, Xudo biladi, gol urarmidi-yo‘qmi, ammo u to‘g‘ri harakat qilgan bo‘lardi. Futbol jamoaviy o‘yin. Bunday qilish yaxshi emas, buni kiyinish xonasida ham aytdim. Oxir-oqibat bizga jarima zarbasi belgilandi.

Darvozabon – yarim jamoa. Agar darvozabon jamoani qutqarmasa qiyin. O‘zinglar ham Yevropa, Osiyo futbolini ko‘rasizlar. Darvozabonlarda mas’uliyat katta. Qancha ko‘p qutqarsa jamoa shuncha ko‘p yutadi. Shu bois darvozabon yarim jamoa deb bekorga aytilmagan.

Durang bo‘lsa adolatli bo‘lardi. Hozir bir narsa deyish qiyin. Aytdimku, qiyin bo‘lishini bilgandik. Qolaversa, mehmonda «Neftchi»ga qarshi o‘ynash ham oson emas. Har bir epizod ostin-ustun qilib yuborishi mumkin. 90 daqiqa ichida yarimta vaziyat bo‘lishi mumkin. O‘shani golga aylantira olinsa unda boshqa bo‘ladi. Ikkinchi bo‘limda yaqqol vaziyatimiz bo‘ldi. Keyin ustunga tegib chiqib ketdi. Qanotdan oshirilgan to‘pga Ruxadze ozgina yeta olmadi. Sardor bungacha boshi bilan uchta gol urgan bo‘lsa, bu safar o‘xshamadi. Bunaqangi uchrashuvlarda kurashga boy bo‘lgan, maydonning har bir qarich yerida kurash bo‘lganida imkoniyatlarni ham ko‘p yarata olmaysan. Kiyinish xonasida futbolchilarga minnatdorchilik bildirdim. Menimcha, stadionga kelgan muxlislar maza qilib ketishdi. Bu narsa tarixga o‘tdi. Hayotda hamma narsani yutib bo‘lmaydi, lekin to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi uchrashuvga tayorlanish lozim. Boshni baland ko‘tarish va xulosa chiqarish kerak, shu xolos.

Ahmadaliyevda ham jarohati bor. Hali ular tayyor emas. Tayyor bo‘lmay turib maydonga tushirsak yana qaytalanib qolsa...Bitta o‘yin sabr qilsak, masalan 10 ta o‘yinda yordam beradi. Tushunaman, agar oxirgi uchrashuv bo‘lganida muammo yo‘q edi, keyin ta’tilga chiqib davolansa bo‘laverardi. Maydonga tayyor bo‘lganlari tushishadi", — dedi Qosimov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:21, 27.05.2024.
O'qildi: 7171 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.