Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Abbos Fayzullayev: «SSKAda keyingi mavsum chempion bo‘lish imkoniyati yetarli...»

Abbos Fayzullayev: «SSKAda keyingi mavsum chempion bo‘lish imkoniyati yetarli...»

Baho:
+ | -

Abbos Fayzullayev — SSKAning mavsumdagi eng yaxshi assistenti. U bu borada butun RPL futbolchilari orasida kuchli beshlikda.

Jamoada esa «Gol+pas» tizimi bo‘yicha birgina Fyodor Chalov 20 yoshli hamyurtimizdan oldinda, xolos. Rossiyalik jurnalistlar RPLda ilk mavsumini o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi umidi natijalarini baralla e’tirof etishmoqda. Mana, Abbos Nijniy Novgorodda  «Pari NN» bilan o‘yinda 2ta assist qayd etgach, Sport24 muxbiri legionerimiz bilan 10 daqiqacha suhbatlashdi va eng muhim masala haqida ham so‘rashga ulgurdi.

— Mart oyida qisqacha suhbatlashganimizda, nega boshlang‘ich tarkibda tushmayotganing haqida berilgan savolga lo‘nda javob qaytarganding: «Murabbiydan so‘rang». Endi o‘sha vaziyatni xotirjam tushuntirish mumkinmi? Orada faqat zaxiradan maydonga tushganingni qanday qabul qilding?

— Mutlaqo xotirjam. Tushunarliki, har qanday futbolchi zaxirada o‘tirish emas, imkon qadar ko‘proq o‘ynashni xohlaydi, jumladan, men ham. Jamoaga iloji boricha ko‘proq yordam berishni istayman, lekin ba’zida shunday holatlar ham kuzatiladi.

— Umumiy holatdan siqilmadingmi?

— Ehtimol, qaysidir pallada siqilgandirman. Muhimi, o‘yin amaliyotiga qayta ega bo‘la boshlagach, yana ishonchni his qildim.

— Shunga qaramay, aniqroq javob bersang: mart oyida Fedotov ishonchini yo‘qotishingga nima sabab bo‘ldi?

— Shunchaki, mashg‘ulotlarning katta qismini o‘tkazib yubordim. Deylik, qishda jamoa bilan juda oz shug‘ullandim, murabbiy esa asta-sekin yana tezlik olishimni kutdi. Faqat barchasi darhol izga tushgani yo‘q.

— SSKA uchun mavsum qanday o‘tganini bir so‘z bilan tavsiflay olasanmi?

— O‘rtacha. Mavsumni sovrin bilan yakunlamoqchi edik, ammo Rossiya kubogi superfinaliga chiqolmadik. «Zenit»ga penaltilar seriyasi bo‘yicha yutqazganimiz alam uyg‘otdi, ammo bu — lotereya.

— Xo‘sh, mavsum shaxsan o‘zing uchun qanday kechdi?

— Yaxshi. Har holda, yil davomida rivojlandim — ham o‘yin, ham jismoniy va aqliy jihatdan. Maqsad ham shu: mavsumdan mavsumga yanada o‘sish.

— Kuzda yuqori darajada o‘ynading, bahorda esa may oyiga qadar atigi 1tadan gol va assist qayd etding. Sababi nima?

— SSKA safiga endi qo‘shilganimda, raqiblar menga nisbatan ancha xotirjam qarashdi. O‘zimni ko‘rsata boshlaganimdan keyin esa qat’iyroq qarshilik ko‘rsata boshlashdi, oldingidek keng hudud qoldirishmayapti. Shu jihatdan murakkablik yuzaga keldi.

— Olimpiada o‘yinlari chiptasi rasmiylashtirilgach, o‘zingni qanday his qilding?

— Bu har bir futbolchi uchun katta xursandchilik. Ayniqsa, o‘zbek xalqi uchun. Axir  mamlakatimiz tarixida birinchi marta Olimpiadaga yo‘l ochdik — har kim faxrlanishga haqli. Ehtimol, faoliyatimdagi eng kuchli his-tuyg‘ularni tuygandirman...

— Olimpiada yo‘llanmasini nima bilan taqqoslash mumkin?

 — U-20 toifasidagi Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, yoshlar mundialiga chiqqanimiz bilan. O‘shanda ham o‘ta kuchli his-tuyg‘ularni boshdan kechirgandik. Osiyo kubogini boshim uzra baland ko‘targanim — eng yuksak qoniqish.

— Olimpiada chiptasi qo‘lga kiritilganini qanday nishonladinglar?

— Juda ko‘p raqs tushdik, qo‘shiq kuyladik — avtobusda ham, kiyinish xonasida ham. Spirtli ichimlik? Yo‘q, aslo! Bizda spirtli ichimlik bo‘yicha qat’iy taqiq bor. Umuman, hayotimda hech qachon spirtli ichimlik yaqiniga bormaganman va bunday rejam ham yo‘q. O‘zim xohlamayman, dinimiz ham bunga yo‘l qo‘ymaydi.

— Olimpiada o‘yinlari RPL mavsumiga to‘g‘ri keladi. Bu masalani SSKA rahbariyati bilan muhokama qildingmi, klub seni qo‘yib yuborishga tayyormi?

— Hali gaplashmadim. Hozircha faqat hordiq chiqarishni xohlayman. Axir menda deyarli ta’til bo‘lmadi, rosa charchadim.

— Rossiya termasi OFKga qo‘shilsa, bundan xursand bo‘larmiding?

— Ha, albatta! JCH saralashi yoki Osiyo kubogida Rossiya termasi bilan o‘ynash qiziq. Ayniqsa, Vanya Oblyakov va Chalovga qarshi harakatlanish yoqimli bo‘lsa kerak. Menimcha, Rossiya termasi Osiyoda eng kuchli jamoalardan biriga aylanardi.

— Moskvaga ko‘chib o‘tgach, kundalik hayotda qanday qiyinchiliklarga duch kelding?

— Hech qanday muammo yuzaga kelgani yo‘q.

— Mayli, umumiy holda-chi?

— Yagona jihat — oilamni sog‘inyapman. Lekin Moskvaga kelishdan oldin ham yaqinlarimdan uzoqda yashadim, shunday ekan, hammasi odatiy hol. Qolaversa, Moskvada o‘zbek restoranlari bor. O‘zbek do‘stlarim ham yetarli. Shuningdek, hozir akalarim yonimdalar, qulaylik yo‘q emas.

— Taom haqida — Moskvadagi palov sifat bo‘yicha O‘zbekistonda tayyorlanganidan pastroqmi?

— Yo‘q, xuddi o‘sha ta’m. Tanishlarim o‘z «choyxona»larida palov tayyorlaydilar, ularda hammasi juda yaxshi chiqadi!

— Oxirgi savol: aynan nimani orzu qilasan?

— Terma jamoa bilan JCHga borishni, SSKAda chempion bo‘lishni. Agar yaxshi tayyorgarlik ko‘rsak va ko‘proq ishlasak, keyingi mavsum Rossiya chempioni bo‘lish uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lamiz.

E’TIROF

— Abbos Fayzullayev? To‘p bilan muomalasi zo‘r, harakatchan. Uning hujumdagi rolini ta’kidlamasdan ilojim yo‘q. Qolaversa, sheriklarini qoyilmaqom uzatmalar bilan ta’minlay oladi. Viktor Davila (SSKA hujumchisi).

«Sport-Ekpress» nashri RPL 29-turi ramziy jamoasiga Abbos Fayzullayevni ham kiritdi. E’tiborlisi, 20 yoshli hamyurtimiz shu bilan 7-marta bunday sharafga erishdi. Qolaversa, Abbosning «Pari NN»ga qarshi o‘yindagi harakatlari 7,5 ballga loyiq ko‘rildi. U shu tariqa o‘yinlardagi o‘rtacha ball miqdori bo‘yicha 7-o‘ringa ko‘tarildi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:22, 28.05.2024.
O'qildi: 1820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.