Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Vitaliy Levchenko: "Jamoada ichki muammolar bor"

Vitaliy Levchenko: "Jamoada ichki muammolar bor"

Baho:
+ | -

Superliga 10-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" – "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarin bildirib o‘tdi.

Bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. "Bunyodkor"ning "So‘g‘diyona" bilan uchrashuvini tahlil qilib chiqdik. Hujumda agressivroq o‘ynashimiz kerak edi va ushbu vazifani uddaladik. Bugun chiroyli g‘alaba qozondik.

Maydonga tushirayotgan yigitlarimizga o‘yin amaliyotini taqdim etmoqchi edik. Bizni oldinda FIFA kunlari kutib turibdi va bir nechta futbolchilarimiz terma jamoalariga yo‘l olishadi. Keyingi uchrashuvlarda ularga albatta imkoniyat beramiz.

Manuchehr Safarov ham bugungi o‘yinda ishtirok etmadi. Uch nafar futbolchimizda ham shamollash alomatlari kuzatildi. Futbolchilar ikki kun davomida davolanishdi. Shu sababli bugungi uchrashuvda ularga dam berdik. Yigitlar o‘zini yomon his etishayotganini aytishdi.

2:0 hisobi biz uchun qulay edi. Hisobni ushlab qolishimiz kerak edi, ammo biz bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘yin so‘ngida esa yana bitta gol urdik va barchasi yaxshi tugadi.

Jamoada ichki muammolar bor. O‘sha muammolarni hal etishimiz kerak. Bu haqda ommaga jar solishni istayman. Umid qilamanki barchasi tez orada to‘g‘irlanadi.

Biz yangi jamoa yig‘dik. Futbolchilarning bir-birini tushunib olishiga biroz vaqt kerak. Biz mehnat qilmoqdamiz. Hujumchilarimiz ham ko‘proq gol urishni boshlab yuborishdi. Yanada ko‘proq gollar urishga harakat qilamiz.

Raqib haqida bir nima deyish qiyin. Qaldirg‘ochlarning murabbiylari bor va men ularning ishiga baho berishim noto‘g‘ri. Ushbu stadionda birinchi marotaba o‘yin o‘tkazdim. Maydon holati yaxshi ekan. O‘tgan mavsum o‘z o‘yimizda g‘alaba, ammo safarda mag‘lubiyatga uchragandik. Murabbiylar shtabi va rahbariyat o‘zaro kelishgan holda "Bunyodkor"ni yanada kuchaytirishiga ishonchim komil. Ikkinchi davrada ushbu jamoada yaxshiroq o‘yin namoyish etishini taxmin qilaman.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 02:43, 02.06.2024.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик