Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

A Seriyaning eng qimmatlagan futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi

A Seriyaning eng qimmatlagan futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Transfermarkt Italiya chempionatining eng narxi oshgan futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.

Narxlar yangilanganidan keyin birinchi o‘rinni "Atalanta" himoyachisi Isak Xin egalladi, u 37 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt 25 yoshli futbolchini 20 million yevroga baholamoqda (+ 11 million yevro).

Ikkinchi o‘rinni ham "Atalanta" yarim himoyachisi Tyon Kopmeyners egallab turibdi. 2023/2024 yilgi mavsumda futbolchi maydonda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor narxi 10 million yevroga oshib, 50 million yevroga yetdi.

“Bolonya” hujumchisi Joshua Zirkzee uchinchi o‘rinni egalladi. Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi. 23 yoshli futbolchining narxi 10 million yevroga oshgan (50 million yevro).

 

Kiritildi: 08:57, 06.06.2024.
O'qildi: 579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик