Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Venansio Lopes: «O‘zbeklar juda vatanparvar xalq»

Venansio Lopes: «O‘zbeklar juda vatanparvar xalq»

Baho:
+ | -

Samarqandning muhtasham «Registon»ida bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha JCH-2024 rasmiy qur’a tashlash marosimining ko‘zni qamashtiradigan tomoshasi hali eskirmadi.

Ishtirokchilar esa tayyorgarliklarini tez sur’atlar bilan davom ettirishmoqda. Mezbon mamlakatda umidlar yuqori ekanligini hisobga olsak, tabiiyki, murabbiy Xose Venansio Lopesga bosim o‘tkaziladi. Yordamchilari Bahodir Ahmedov, Arkaits Sisniyega, David Garsiya va Rustam Umarov bilan birgalikda Venansio kechayu kunduz ishlamoqda, izlanmoqda. U O‘zbekistonni uchinchi urinishida «pley-off»ga olib chiqish niyatida... Xose Venansio Lopes FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida bo‘lajak turnirdan umidlari va chempionlik uchun favoritlar haqida gapirdi.

- Janob Venansio, jamoangiz o‘z maydonida o‘tkaziladigan mundialga qanday tayyorlanmoqda? 

- Jamoa bosqichma-bosqich rivojlanmoqda va men bundan xursandman. Biz o‘yindan o‘yinga yanada yaxshilanamiz hali. O‘tgan yilning oktyabridan boshlab jamoa sezilarli darajada kuchaydi - o‘yinlar orqali ko‘proq tajribaga ega bo‘ldi. Shogirdlarim shunchaki o‘ynashmaydi, endi ular o‘yinning har bir bosqichida qanday o‘ynashni bilishadi. Biz 40 daqiqalik o‘yin ustidan nazoratni yaxshiladik - bu bizga aynan yetishmayotgan jihat edi, chunki ilgari qismlarga bo‘lingan o‘yinni o‘tkazardik, ya’ni yaxshi daqiqalar, yomon daqiqalar, diqqatni yo‘qotish. Bu biz saqlashimiz va ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan eng katta faktorlardan biridir. Avvalgiga qaraganda yaxshilanganimizga so‘nggi Osiyo Kubogidagi ishtirokimiz yaqqol misol bo‘la oladi. U yerda biz 3-o‘rinni egalladik, ammo finalga chiqishimiz ham mumkin edi. Zero, yarim finalda jahon chempionati g‘olibligi uchun da’vogarlar orasida bo‘ladigan Eronga penaltilar seriyasidagina yutqazdik. 

- Yaqinda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan ispaniyalik futbolchi Ruben Sanches bizga bergan intervyusida ta’kidlaganidek, milliy terma jamoa­ni muxlislar qo‘llab-quvvatlashi juda ta’sirli. Bunga Siz qanday fikr bildirasiz? 

- Chindan ham o‘zbeklar juda vatanparvar xalq. Mamlakat, terma jamoa va O‘zbekiston bilan bog‘liq barcha narsalar odamlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu yerda hattoki futbolga, umuman sportga qiziqmaydiganlar ham milliy jamoa o‘ynaydigan bo‘lsa, uni astoydil qo‘llab-quvvatlashadi. 

- Xo‘sh, endi guruhdagi raqiblarga o‘tsak. 14 sentyabr kuni Niderlandiya bilan kurash boshlanadi... 

- Bu juda katta individual fazilatlarga ega o‘yinchilardan tashkil topgan jamoa va bu, ehtimol, ulardagi eng ko‘p ajralib turadigan jihati. Bundan tashqari, ularda ham ispan murabbiyi bor va jamoa sifatida uning o‘yin uslubini aks ettira olishadi. Ammo, eng asosiysi ularning individual fazilatlarini diqqat bilan kuzatib borish kerak. 

Paragvay ko‘p yillar davomida eng yuqori darajani saqlab kelmoqda. Ular anchadan beri Janubiy Amerikaning futzal bo‘yicha eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lib kelgan va juda tajribali tarkibga ega. Tajribalari ulkan faxriy futbolchilari ko‘p, ba’zilari hatto Ispaniyada, Italiyada o‘ynagan. Demak, bu jamoa har bir bosqichda nima qilish kerakligini va o‘yin tezligini qanday belgilashni biladi. Juda aqlli jamoa. 

Kosta-Rika ham ko‘p yillardan beri KONKAKAFning eng yaxshi jamoasi bo‘lib kelgan. Ular eng kuchli ligaga ega va muntazam jahon chempionatlarida ishtirok etib kelishadi. Chunki Kosta-Rika federasiyasi mintaqadagi eng yaxshi ishlaydiganidir. Ular jamoani tiklab, yoshlardan foydalanishsa-da, tezligi va juda «vertikal» futzal o‘ynashlari tufayli har doim raqibga katta muammolarni keltirib chiqaradi. Guruhdagi so‘nggi o‘yin hal qiluvchi hisoblanadi. Yo‘q, aslida barcha o‘yinlar hal qiluvchi, ammo menimcha, bu bizning guruhimizda biz uchun asosiy jang bo‘ladi. 

- Ispaniya bilan ikki marta finalda ishtirok etgansiz, ammo har ikkisida ham braziliyaliklar kubokni olib ketishgan. Bu gal ham chempionlikka asosiy da’vogar Braziliya termasimi? 

- Oxir-oqibat, jahon chempionati natijasini hal qiladigan ko‘plab omillar mavjud. Shubhasiz, Braziliya, Argentina, Ispaniya, Portugaliya va Eron mundial favoritlaridir. O‘ylaymanki, shu beshlikdan biri chempion bo‘ladi. Agar biz faqat o‘yinchilarning sifatiga asoslansak, Braziliyani e’tirof etishimiz kerak, ammo so‘nggi o‘yinlarda kim g‘alaba qozonishini o‘yinchilar sifati hal qilmaydi. Oxirgi ikki chempion Portugaliya va Argentina hisoblanadi, chunki ular birgalikda eng yaxshisi edi va men uchun ham eng muhimi shu. 

- O‘zbekistonga bormoqchi bo‘lgan futzal ishqibozlariga taklif va maslahatlaringiz bormi? 

- O‘zbekiston tarixga boy mamlakat, ayniqsa shaharlari o‘ta jozibali. Samarqand sayyohlik nuqtai nazaridan diniy tarixi tufayli, tijorat tomonlama Buyuk Ipak yo‘li tufayli eng mashhur shahardir, o‘ziga xos jozibaga ega. Qur’a tashlangan Registon maydoni esa ajoyib joy. Shuningdek, ternir mezboni hisoblangan Buxoro va Xiva ham ajoyib shaharlardir. Turizm endi mamlakatga daromad keltira boshladi. Va, albatta, Toshkent uni tanimaganlarni hayratda qoldiradigan ajoyib shahar. U yerda g‘arb ruhini his qilasiz, juda va juda zamonaviy shahar.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:47, 08.06.2024.
O'qildi: 3028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.