Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Futzal. Artur Yunusov terma jamoamizga omad tiladi

Futzal. Artur Yunusov terma jamoamizga omad tiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futzal terma jamoasining sobiq a’zosi, 2013-2018 yillarda sardor bo‘lgan Artur Yunusov terma jamoamizga omad tiladi. 

"2016-yilgi Osiyo kubogida Iroqni yengach, men o‘zimni dunyoning eng baxtli insoni sifatida his qilganim yodimda.

Chunki bu g‘alaba bizning shuncha yillik mehnatimiz va orzumiz sanalgan Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etgan edi.

Chunki biz necha yillar davomida kuchlilar sifatida e’tirof etilsak-da, bu yo‘llanmani qo‘lga kirita olmayotgan edik.

Bu biz uchun juda katta yutuq bo‘lgan. Ayniqsa men uchun. Chunki uzoq muddatli tiklanishdan so‘ng futzalga qaytgan paytlarim edi. Bu uzoq muddatli tayyorgarlik mahsuli.

Biz mazkur yo‘llanmani qo‘lga kiritgach, o‘zimizni yettinchi osmonda his qilgan edik. Balki shu sabab ham debyut Jahon chempionatidagi natijalarimiz u qadar yuqori bo‘lmagandir. Lekin nima bo‘lganda ham biz tarix yarata oldik.

Hozirgi terma jamoa haqidagi fikrlarim ijobiy. Osiyo chempionatida ular Ispaniyalik murabbiy boshchiligida yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

Bir qancha yoshlarning yanada o‘sayotgani sezildi. Umid qilamanki, ular Jahon chempionatida yanada kuchli o‘yin ko‘rsata olishadi.

Ular guruhdan chiqishlari shart. Bu eng minimum vazifa. Maksimumi esa medallarga ega chiqish. Biz o‘z maydonimizda o‘ynaymiz shu sabab ham maqsadni yuqori qo‘ysa bo‘laveradi.

Yana bir yutug‘imiz bu muxlislar madadini his qila olishdir. Muxlislarning uchrashuvlarda ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashi bizga kuch bag‘ishlashi aniq. Tarixiy mundialda yigitlarga omad tilab qolaman", – dedi Yunusov. 

Kiritildi: 22:32, 09.06.2024.
O'qildi: 910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик