Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Timur Kapadze: «Terma jamoadagi o‘yinlardan so‘ng chempionat uchrashuvlariga qaytish qiyinchiliklar tug‘diradi»

Timur Kapadze: «Terma jamoadagi o‘yinlardan so‘ng chempionat uchrashuvlariga qaytish qiyinchiliklar tug‘diradi»

Baho:
+ | -

Superliganing qoldirilgan 6-turi doirasidagi «Dinamo»-«Olimpik» (0:1) o‘yinidan so‘ng jamoamiz ustozi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Yigitlarni va jamoamizning boshqa a’zolarini g‘alaba bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuv bo‘ldi. Terma jamoadagi o‘yinlardan so‘ng chempionat uchrashuvlariga qaytish qiyinchiliklar tug‘diradi. Shunga qaramay, g‘alaba qozondik. Boshqa yigitlarga ham imkon berdik.

Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Chunki, bizda ketma-ket 6 ta o‘yin bor. «Dinamo»ga omad tilayman. Jamoa doimo yaxshi o‘yin ko‘rsatadi, tayyorgarlik jarayonida jamoani ham yaxshi o‘rganib chiqdik.

Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘ra oldik, ularga imkon bermadik. Jamoaga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

— O‘yin sizning iltimosingiz bilan qoldirildi. Bu nima bilan bog‘liq edi?
— Olimpiadada yarim jamoa «Olimpik»dan edi. Kelganimizdan so‘ng tadbirlar bor edi. Ikki kun ichida o‘yin o‘tkaza olmasdik. Biz terma jamoa sharafini himoya qilish uchun borgandik. Shuning uchun uchrashuvni qoldirishni iltimos qildik. Buni barcha to‘g‘ri tushundi deb o‘ylayman. Keliboq, ikki kundan so‘ng o‘ynash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Bugungi rotasiya haqida gapirsak, futbolchilarimizning ba’zilari Mali bilan o‘yinda ham ishtirok etishdi. Shuning uchun ularni zaxirada qoldirdim.

— Odilov va Bo‘riyevning tushishi o‘yinni kuchaytirdi. Mish-mishlarga qaraganda, ular boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda. “Olimpik" missiyani bajardi va endi jamoaning taqdiri qanday bo‘ladi?

— Eng avvalo jamoa yil oxirigacha bo‘lishi aniq. Keyinchalik ko‘ramiz nima bo‘ladi. Hozir kelasi Olimpiada uchun ham jamoa tuzilgan. Barchasi rahbariyatning qaroriga bog‘liq.

Futbolchilarimiz uchun yaxshi takliflar bo‘lsa, ularni qo‘yib yuboramiz. Boshqa yigitlar bor va biz seleksiyaga e’tibor qaratamiz.

— Olimpiada haqida. Siz tarkibni aniqlab olganmisiz?
— Olimpiadada 18 nafar futbolchi ishtirok etadi. Bu holatda qisqarish bo‘lgan, shuningdek yoshi kattalar ham bor. Men barcha futbolchilarni kuzatyapman. Biz Olimpiadaga kuchli jamoa bo‘lib borishimiz kerak. Eng kuchli va munosiblar borishi lozim. Hozir aniq javob berishga qiynalaman. Eng asosiysi, barcha sog‘-salomat bo‘lsin.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 23:09, 13.06.2024.
O'qildi: 1268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.