Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

MMA. Chimayevning o‘rnini rossiyalik sportchi egallaydi

MMA. Chimayevning o‘rnini rossiyalik sportchi egallaydi

Baho:
+ | -

22 iyun kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirining asosiy jangida rossiyalik jangchi Ikram Aliskerov BAA vakili Hamzat Chimayev o‘rnini egallaydi.

Chimayev sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli avstraliyalik Robert Uittakerga qarshi jangda qatnasha olmaydi. 

Chimayev va Uittaker o‘rtasidagi jang 22 iyun kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan UFC Saudi Arabia turnirining asosiy sarlavhasi bo‘lishi kerak edi.

Avvalroq jangchi Muhammad Eskirxonov ijtimoiy tarmoqlarda Chimayevning kasalxonada yotgani aks etgan suratni chop etgan edi.

Keyinroq UFC matbuot xizmati bo‘lajak jangda Chimayev o‘rniga rossiyalik Ikram Aliskerov maydonga tushishi haqida xabar berdi.

Chimayevning menejeri Mahdi Shammasning aytishicha, jangchi Uittakerga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘rayotganda bir necha bor kasalxonaga yotqizilgan. “Kasallik jiddiy edi va unga tayyorgarlik ko‘rishga imkon bermadi.

U hech qachon tiklana olmadi, shu bois jangdan voz kechib, kasalxonaga borishga qaror qilindi”, — dedi Shammas. Menejerning so‘zlariga ko‘ra, Chimayev kasalxonaga yotqizilganidan keyin bir necha oydan so‘ng tuzalib ketadi.

Kiritildi: 16:06, 14.06.2024.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.