Yulian Nagelsmann Yevro tarixidagi eng yosh murabbiyga aylandi.
Kecha Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi 36 yoshu 327 kunligida terma jamoasini maydonga boshlab chiqdi. U Shotlandiyaga qarshi Yevro-2024 ochilish o‘yinida terma jamoani boshqardi.
Nemis mutaxassisi Yevro-2000da Sloveniya terma jamoasini 36 yoshu 333 kunligida boshqargan Srechko Katanesning rekordini ortda qoldirdi.