Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" o‘z futbolchisiga uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi

"Bavariya" o‘z futbolchisiga uzoq muddatli shartnoma taklif qiladi

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich Myunxen klubida uzoqroq muddatga qoladi. Insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida yozishicha, "Bavariya" yaqin orada 20 yoshli futbolchiga amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha yangi taklif bilan chiqadi.

Qayd etilishicha, Pavlovich Myunxen klubining kelajakdagi loyihasida asosiy futbolchiga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, asli serbiyalik bo‘lgan nemis futbolchisio‘tgan yilning noyabr oyida klub bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirgandi, ammo "Bavariya" rahbariyati shartnomani uzoqroq muddatga uzaytirmoqchi.

Pavlovich "Bavariya" asosiy tarkibida 22 o‘yin o‘tkazgan. Uning transfer narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 14:17, 15.06.2024.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик