Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Jamshid Saidov: «Chempionatdagi barcha jamoalar oxirigacha jang qilmoqda»

Jamshid Saidov: «Chempionatdagi barcha jamoalar oxirigacha jang qilmoqda»

Baho:
+ | -

Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Andijon" (3:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Andijon" qanday o‘yin namoyish etishini bilar edik. Afsuski, 10 kishi bo‘lib qolgan raqibni yenga olmadik. 3 ta qarshi hujumni o‘tkazib yubordik. "Andijon"ning zaxira o‘rindig‘idan uchrashuvga qo‘shilganlar biznikidan farqli o‘laroq, o‘yinni kuchaytirib berdi. Bugun, bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarni ishonchini oqlay olmadik. Hech narsa deya olmayman. Juda alam qildi.

Hali hamma narsa boy berilgani yo‘q. Oldinda o‘yinlar ko‘p. Bu masalani klub rahbariyati hal qiladi. Chempionatdagi barcha jamoalar oxirigacha jang qilmoqda. O‘yinlar qanday og‘ir o‘tayotganini o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Shu sababli, bu masalada boshqa hech narsa deya olmayman.

Barchasini vaqt ko‘rsatadi. Rahbariyat transfer taqiqi muammosini bartaraf etadi, degan umiddaman. Hali vaqt yetarli. Katta ehtimol bilan, hammasini hal qilamiz.

Shahboz Jo‘rabekov mavsum boshida juda yaxshi taassurot qoldirayotgan edi, ammo oxirgi o‘yinlarda... Men ham buni tushuna olmayapman. Bugun ham zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, tempni oshirib bera olmadi. Vaholanki, raqib 10 kishi bo‘lib qolgan edi. Xatolar ketma-ketligi sababli 3 ta qarshi hujumni o‘tkazib yubordik.

Har qanday xolatda hammasi yaxshi bo‘lsa yangi transferlarni amalga oshiramiz. Kimlar bilandir xayrlashamiz. Bizga yangi qon kerak. Transfer oynasi ochilishi bilan tarkibni kuchaytiramiz. Bu normal xolat. Barcha jamoalar singari biz ham faol bo‘lishga intilamiz", — dedi Saidov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:28, 16.06.2024.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.