Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Davletov: «Raqib bizning ishimizni ancha yengillatib berdi»

Davletov: «Raqib bizning ishimizni ancha yengillatib berdi»

Baho:
+ | -

Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Surxon" – "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda futbolchi va muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Ilk bo‘limda bizga tezlik yetishmadi. Yigitlardan qanotlar orqali o‘ynashni iltimos qildik. Raqib markazda bizga yaxshi qarshilik ko‘rsatishi va shunga o‘xshash boshqa ko‘plab faktorlarni o‘yindan oldin o‘rgangan edik. Maydon markazida to‘pni olib qo‘yib, tezkor qarshi hujumlarga o‘tishni reja qilgan edik. Kamchilik bo‘lib qolgach, yigitlar tanaffusda gaplashib olishdi. Bu vaziyatda raqib orqaga chekinib bizni ishimizni osonlashtirdi. Bu o‘z-o‘zidan bizga vaziyatlar yaratish uchun qo‘shimcha bo‘sh zonalar taqdim etdi. O‘ylashimcha, biz uchun yaxshi dars bo‘ldi.

Agar raqib yuqoriroq chiqib harakat qilganida va pressinga urg‘u berganida, ancha qiynab qo‘ygan bo‘lar edi. Ular bizni ishimizni ancha yengilatib berishdi. Bizga bo‘shliq berib, hujumlarimiz uchun zona ochildi. Qo‘shimchasiga, jarima maydonchasi ichiga ishonch bilan kirdik. Murabbiylar shtabi doim futbolchilardan 3-4 kishi bo‘lib jarima maydonchasi ichiga kirish kerakligini takrorlaydi. Menimcha, yigitlar hammasini to‘g‘ri tushunishdi.

Potapov jamoa bilan shug‘ullanmoqda. Albatta, tez orada uning taqdiriga aniqlik kiritamiz. Barchasi, unga bog‘liq. O‘ylashimcha, yaqin orada hammasi hal bo‘ladi. Oldinda ikkita o‘yin qolmoqda. Undan keyin nimadir deyish mumkin", — dedi Davletov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:17, 20.06.2024.
O'qildi: 616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.