Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Filip Ivanovich: “Joriy mavsumda Superligada kuchsiz jamoalar yo‘q”

Filip Ivanovich: “Joriy mavsumda Superligada kuchsiz jamoalar yo‘q”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 12-turidan o‘rin olgan  “Navbahor” – “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning serbiyalik 32 yoshli tajribali himoyachisi Filip Ivanovich bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bo‘lajak raqibimiz “Qizilqum” joriy mavsumda o‘zgacha o‘yin namoyish etmoqda. Navoiyliklar yetakchi klublarga munosib qarshilik ko‘rsata olishayotgan bo‘lsada, ayrim uchrashuvlarda o‘rtamiyona jamoalardan mag‘lubiyatga uchrashmoqda. Ta’kidlash joizki, Superliganing bu yilgi o‘yinlari ancha qiziqarli kechmoqda. Joriy mavsumda Superligada kuchsiz jamoalar yo‘q.

Xabaringiz bor, so‘nggi bellashuvlarda durang natijalar qayd etib, muxlislarni ranjitib qo‘ydik. Shu bois, bo‘lajak uchrashuvda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. Biz esa ta’kidlaganimdek, ularning ishonchlarini oqlash, uylariga xursand holda qaytishlari uchun raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz.

Joriy mavsumda jamoamiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi, degan umiddaman, - dedi Filip Ivanovich. 

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 12:01, 20.06.2024.
O'qildi: 555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик