Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ro‘ziqul Berdiyev: «Kuchli jamoani yengdik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Kuchli jamoani yengdik»

Baho:
+ | -

Superliga 12-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – «Neftchi» (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun, o‘yinni faol boshladik. Raqibni xato qilishga majbur qildik. Qizil kartochka olishiga sabab bo‘ldik. Shunga qaramay, raqib bir kishi kam bo‘lganidan keyin, biroz o‘yinimizda pasayish kuzatildi. Shu o‘rinda bir narsani aytish lozim, Farg‘ona klubi 5 ta himoyachi bilan pozision himoyalandi. Bunday holatda, tezkor hujumlar uyushtirishga qiynalasiz. Ba’zan, hujumdagi harakatlarimiz samarali bo‘lmagandir. Kuchli jamoani mag‘lub etdik.

Albatta, yetakchilarimizning yo‘q ekanligi har bir o‘yinda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shunga qaramay, bahona qilmaymiz. Futbolchilarimiz yetarli.

"Sug‘diyona"ga qarshi bahsdan 2 kun oldin Marushich ham, Bozorov ham bir paytda mashg‘ulotda jarohat oldi. Mushaklari bilan bog‘liq bo‘lgani bois, ular Jizzaxda ham, bugun ham bizga yordam bera olmadi. Balki, keyingi bahslarda ham ularning yordamidan foydalana olmasligimiz mumkin. Davolanish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, Silva va Davronovda ham jarohat bor.

«Neftchi» – eng yaxshi himoyalanadigan jamoa hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu jamoani hech kim 2 to‘p farqi bilan yengmagan. Ular sabr bilan qarshi hujum paytini kutadi. To‘g‘risi, ularni 4 himoyachi bilan harakat qilishini kutgan edim, ammo bunday bo‘lmadi. Raqib bir kishi kam bo‘lganda ham vaziyat yarata olmadi. «Neftchi» o‘z o‘yinidan voz kechmadi.

Biz bellashuvni yaxshi boshlaganimiz uchun juda xotirjam edim. Qo‘shimchasiga, qizil kartochkadan keyin futbolchilarimga to‘liq ishondim. To‘g‘ri, asabiylashdim, ammo yigitlarni o‘zi o‘yinni qo‘lga olishini kerakligini bilar edim.

To‘g‘risi, Muhiddinov to‘pni ishonch bilan olgani xotirjam qilgan edi. Vaholanki, Islom Kenjaboyevda ham zarba berish niyati bor edi. Bizning asosiy penalti tepuvchi futbolchilarimiz Marko Stanoyevich va Javohir Sidiqov maydonda yo‘qligi bois, Muhiddinov zarba yo‘lladi. O‘tgan safar Zoran nuqtaga yaqinlashganida, zarbani yaxshi ijro eta olmasligini sezgan edim, ammo u to‘pni olgach, tepmaslikni so‘rash to‘g‘ri emas.

Jaba o‘yinga negadir yaxshi kirishib keta olmadi. Qo‘shimchasiga, raqib bir kishi kam bo‘lib qolgani bois, biz qanotlarga urg‘u berishni istadik. Aynan shu sababli Chogadzeni o‘yinga qo‘shdik. Biz legionerlardan bundan ham yaxshiroq o‘yin kutyapmiz. Shu sababli, e’tirozlarimiz bor", — dedi Berdiyev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:31, 21.06.2024.
O'qildi: 1600 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик