Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Samvel Babayan: «Afsuski, oltinga teng ochkolarni boy beryapmiz»

Samvel Babayan: «Afsuski, oltinga teng ochkolarni boy beryapmiz»

Baho:
+ | -

Superliga 12-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Qizilqum» (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ko‘p gapirishga xojat yo‘q. Nimadir bo‘lyapti jamoaga. Omad kelmayapti.  Bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo foydalana olmadik. Ketma-ket 4 o‘yindan beri durang qayd etmoqdamiz. Tushuntirib berish mushkul. Albatta, tahlil qilyapmiz. Tinimsiz ishlayapmiz. Afsuski, biz raqibni burchakka qadashni uddalay olmadik. Hatto, bizdan bir nechta o‘yin komponentlarida kuchsiz bo‘lgan raqibga ham bosim qilishni uddalay olmadik. Afsuski, oltinga teng ochkolarni boy beryapmiz. Muxlislardan ular tuygan yoqimsiz hislar uchun uzr so‘raymiz. Chempionat o‘zining avjiga chiqdi. Menimcha, hammasini o‘nglash uchun imkoniyatimiz bor.

Tashkilotchilik masalasidagi ayrim muhim masalalarni rahbariyat bilan kelishib olishimiz kerak. Nima bo‘lganda ham, kubok va chempionatda yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borish uchun raqobatbardosh tarkibga ega bo‘lish shart. Hozircha, katta zaxira o‘rindig‘iga ega emasmiz. O‘yinni kuchaytirish uchun maydonga tushayotgan futbolchilar bor kuchini bermoqda, ammo natijaga bu ta’sir qilmadi. 100 ta penalti tepsa, 100 ta gol uradigan futbolchi bugun noaniq zarba yo‘lladi. Vaholanki, mashg‘ulotlar va kichik turnirlarda bu borada unga yetadigan yo‘q edi. Men uchun Namangandagi 3 yillik faoliyatimdagi eng yoqimsiz, va og‘ir vaziyat bu. Rahbariyat bilan suhbatlashgan holda, vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. Yana bir bor, muxlislar oldida natija uchun uzr so‘ramoqchiman. Ularning jahli chiqqanini tushunish mumkin. Shunga qaramay, «Navbahor» bor, bo‘lgan va bo‘ladi!

Davralar oralig‘ida asosan hujum chizig‘iga urg‘u beriladi. Gollar urmasak, natija yaxshilanmaydi", — dedi Babayan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:38, 21.06.2024.
O'qildi: 1725 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик