Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Ro‘ziqul Berdiyev: «Jamoalar ehtiyotkor harakat qilishdi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Jamoalar ehtiyotkor harakat qilishdi»

Baho:
+ | -

Superliga 13-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun o‘yin yuqori tempda o‘tmadi. Sababi, jamoalardagi charchoq va havoning issiqligi bo‘lishi mumkin. Ikki jamoada ham bahsni g‘alaba bilan yakunlash imkoni bor edi, ammo ikkisi ham ehtiyotkorlikni birinchi o‘ringa olib chiqdi. Natija bizni qanoatlantirmaydi, ammo vaziyatdan kelib chiqsak bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi.

So‘nggi uchrashuvlarda yo‘qotishlar sababli bir tarkib harakat qilyapmiz. Yo‘qotishlar ko‘payib ketgani bor gap. Shu bois, Akmal Mozgovoydan foydalana olmadik. Ularning yo‘qligi natijalarimizga ta’sir qilishi bor gap. Afsuski, hujum chizig‘imiz asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bu borada ishlayapmiz, ammo yaxshi vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Ularga e’tirozlarimizni bildiramiz.

Harakat qilyapmiz, ularni bosimdan xalos qilishga, ammo qanotlardagi bog‘lamlarimiz yo‘qligi ham sezilmoqda. Birgina Oybek va Sherzodning yo‘qligi darrov o‘yinimizda ko‘zga tashlandi. Akmal va Sharofning yo‘qligi ham bizga ta’sir qilmoqda. Bu raqiblarga ham bog‘liq aslida. "Neftchi" singari, "Metallurg" ham 5 ta himoyachi bilan to‘p tepadi. Ular sizga jarima maydonchasi ichida bosh zona bermaydi. Bugungi natijani yo‘qotishlar va aynan shu faktorga bog‘lagan bo‘lar edim.

Mozgovoyning jarohati jiddiy emas, ammo bugun tavakkal qilmaslikka qaror qildik. Umid qilamanki, u keyingi o‘yinda bizga yordam bera oladi.

Bu borada rahbariyat bilan birgalikda boshqotiryapmiz. Chempionatda ham, xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz uchun mahoratli futbolchilar kerak bo‘ladi", — dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:27, 27.06.2024.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик