Angliyaning "Nottingem Forest" va "Manchester Yunayted" klublarining sobiq yarim himoyachisi Roy Kin musobaqa mezboni Germaniya terma jamoasi Yevropa chempionati 1/8 finalida daniyaliklarni mag‘lub etishiga shubha qilmayapti.
"Menimcha, Germaniyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish juda qiyin bo‘ladi. Ular kuchayishdi, yaxshi hujum qilishdi. Daniyada yaxshi jamoa bor, lekin u Germaniyaga yutqazadi, menda shubha yo‘q", - deya sobiq yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.