Joau Palinya Yevro-2024da Portugaliyaning Gruziyadan uchralgan mag‘lubiyati (0:2) haqida gapirdi.
Yevropa chempionatining 1/8 finalida Roberto Martines shogirdlari Sloveniya terma jamoasi bilan uchrashadi.
"Bu mag‘lubiyat bizni xafa qildi, lekin ertaga biz allaqachon Sloveniya haqida o‘ylaymiz. Oxirgi ikki o‘yinda g‘alaba qozonganimizda u qadar zo‘r emas edik, hozir ham yomon emasmiz. O‘yinimizni yaxshilashimiz va Sloveniyaga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishimiz kerak.
Biz o‘rgangan saboq shuki, Portugaliya ustunlik qilishi kerak. Tezkor paslar Gruziyaning quroli edi", - dedi portugaliyalik yarim himoyachi.