Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Rade Petrovich: «Menimcha, eng kuchli legionerlar bizning jamoada»

Rade Petrovich: «Menimcha, eng kuchli legionerlar bizning jamoada»

Baho:
+ | -

Superliga 13-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Dinamo" (4:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Rade Petrovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz og‘ir o‘yin bo‘lishini kutgan edik. Raqibni deyarli har bir uchrashuvini o‘rganib chiqdik. Ular futbol o‘ynaydigan jamoa ekanligini isbotladi. Samarqandliklar birinchi davrada bundan ko‘proq ochkoga loyiq ekanligini ko‘rsatishdi. Biz bahs boshida 2 ta gol kiritdik, ammo ular sifat namoyish etib hisobni tenglashtirdi.

  Bizni zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar imkoniyatlarimizni oshirib berdi. Bugungi g‘alaba uchun yigitlar va ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.

Biz faqat keyingi raqibimiz haqida fikr bildirishimiz mumkin. Oldimizda "Neftchi"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Jarohatlar ham bor. Bu bellashuvda Ivan Boshkovich yana murabbiylar shtabiga qaytadi. Bu bizga qo‘shimcha kuch beradi.

Biz ularni yaxshi bilar edik. Ular bizni o‘yinimizni kuchaytirib berdi. Yovovich o‘z termasida 4-5 ta o‘yin ko‘rsatgan. Petrovich Chernogoriya chempionatining eng yaxshi futbolchisi edi. Ular bilan shartnoma imzolagach, jarohatlar paydo bo‘ldi. Shu bois, ilk turlarda bir nechta bellashuvlarni o‘tkazib yubordi. O‘ylashimcha, hozir eng kuchli legionerlar bizda.

Asosiy tarkibga kirish uchun raqobatlasha oladigan bir yo ikki mahalliy futbolchi bilan shartnoma imzolanishi mumkin. Bizda 90 foiz futbolchi yaxshi mavsum o‘tkazdi. Bor e’tiborimiz "Neftchi"ga qarshi kubok bahsidagi o‘yinga qaratilgan. Umid qilamizki, "Neftchi" bilan o‘yinda stadion to‘ladi.

Yuqorida aytganimdek, "Dinamo" yaxshi jamoa. Ularning deyarli barcha o‘yinini tomosha qildik. Ularda o‘yin sifati bor. Bugun og‘ir bahs bo‘lishini bilar edik.

Bizda juda ko‘p yosh futbolchilar bor. Ivan Boshkovich so‘nggi ikki yilda "Bunyodkor"da va "So‘g‘diyona"da o‘zbek futboli uchun foydali ishni amalga oshirdi. Juda ko‘plab yosh futbolchilar Superligada o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Umid qilamanki, bizni tarkibda qolgan o‘yinlarda ham yosh futbolchilar ishtirok etadi", — dedi Petrovich.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:25, 29.06.2024.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.