Fransesk Fabregas o‘zining mukammal murabbiylar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Ideal murabbiyingiz portretini yaratishga tayyormisiz?
- Taktika?
- Gvardiola.
- Jamoa boshqaruvi?
- Men bilgan va men ishlaganlar haqida gapiryapman. Bu yerda men Mourinyo va Vengerni aytgan bo‘lardim.
- Futbolchilarga ma’lumot yetkaza olish?
- Luis Aragones.
- O‘yin falsafasi?
- Bu yerda Venger va Gvardiola eng zo‘rlari.
- O‘yinni o‘qib, tezda qaror qabul qilish?
- Visente Del Boske. U o‘yinni tahlil qilishni va agar ishlar yaxshi bo‘lmasa, o‘yin kursini o‘zgartirishni bilardi”, - dedi "Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas.