Italiya terma jamoasi himoyachisi Matteo Darmian Shveysariyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
29 iyun kuni Italiya 2024 yilgi Yevropa chempionati 1/8 finalida Shveysariyaga imkoniyatni boy berib (0:2) turnirni tark etdi.
— Mag‘lubiyat sabablarini aytish qiyin. Turnirni tark etish har doim qiyin. Muxlislarimizdan uzr so‘rashimiz shart. Hozir boshqa aytadigan gapim yo‘q", - deya Darmianning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.