Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ilyos Qurbonov: "Raqib bugun har jabhada ustun bo‘ldi"

Ilyos Qurbonov: "Raqib bugun har jabhada ustun bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Olimpik" (1:4) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Qurbonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi davrani oxirida barcha futbolchimizda charchoq sezildi. "Nasaf" bilan bellashuvdan so‘ng tiklana olmadik. Qo‘shimchasiga, tezkor ikkita gol o‘tkazib yubordik. O‘yinga gol urib qaytdik, ammo raqib javob berdi. Tezkor gollar rejalarimizni buzib yubordi. Tan olish lozim, raqib bugun har jabhada ustun edi. O‘tgan safar aytganimdek, bizga so‘nggi nuqtani qo‘yadigan sifatli hujumchi yetishmayapti. Yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantirganimizda, hammasi boshqcha bo‘lishi mumkin edi.

Biz "Surxon" va "Nasaf"ga qarshi himoyadan turib qarshi hujumga o‘tish rejasi asosida to‘p tepgan va bu ish bergan edi. Bugun 3 ochko uchun harakat qilgan edik. Shu bois, yuqoriroqda harakat qildik. Raqib juda ko‘p imkoniyatga ega bo‘ldi. Yigitlardagi charchoq ta’sir qildi.

Ikkinchi davrada variantlar bor. Hali, aniqlashtirganimiz yo‘q. Shunga qaramay, o‘ylashimcha yangi futbolchilar olib kelinadi. Hozircha, bor e’tiborimiz kubokdagi "Surxon" bilan o‘yinga qaratilgan. O‘sha bahsdan so‘ng, bu savolga aniq javob berishimiz mumkin", - dedi Qurbonov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:26, 01.07.2024.
O'qildi: 816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.