Ruy Patrisiu “Roma”dan erkin agent sifatida ketishini e’lon qildi.
“Roma", bu uch yil uchun rahmat! 129 ta o‘yin va 2 ta yevrokubok finali! Juda ko‘p yodda qolarli daqiqalar.
Sizlarga eng yaxshi tilaklarimni tilayman va bizning o‘ziga xos ishtiyoq va qat’iyat bilan yana ko‘plab turnirlarda g‘alaba qozonishda davom etishingizga umid qilaman", - deb yozadi 36 yoshli portugaliyalik darvozabon.
Patrisiu rimliklar bilan 2022 yilgi Konferensiya ligasi g‘olibi va 2023 yilgi Yevropa ligasi finalchisi.