“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyro Sloveniya bilan Yevropa chempionati 1/8 finalidan so‘ng ukasini qo‘llab-quvvatladi.
Aveyro ijtimoiy tarmoqlarda Ronaldu bilan tushgan bir nechta suratlarni joylashtirdi va rasmlarga: "Boshingni ko‘tar, qirolim", deb yozdi.
Sloveniya bilan o‘yinning 105-daqiqasida Ronaldu belgilangan penaltini golga aylantira olmadi.