Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabyo 2024 yilgi Yevropa chempionati 1/4 finalidagi Portugaliyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Musobaqaning 1/8 final bosqichining birinchi bo‘limida Rabyo Jeremi Dokuga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun sariq kartochka oldi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 5 iyul kuni tunda bo‘lib o‘tadi.