"Napoli" klubi tayanch yarim himoyachisi Stanislav Lobotka "Barselona"dan taklif haqida gapirdi.
"Agar "Barselona" menga taklif yuborsa, unga jon deb rozilik bildiraman", - deya qisqa javob berdi 29 yoshli slovakiyalik futbolchi.
Lobotkaning neapolliklar bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 28 million yevroga baholamoqda.