Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Dovbik kelajagi borasida bir qarorga keldi

Dovbik kelajagi borasida bir qarorga keldi

Baho:
+1 | -

“Jirona” hujumchisi Artyom Dovbik hozirgi jamoasida qolishga qaror qildi, deb xabar beradi AS. Futbolchi agentga tushgan takliflarni rad etishni buyurgan.

Ukrainalik futbolchi “Jirona”ni tark etishga tayyor edi, biroq Ispaniyada qolishni xohlardi. Uning “Atletiko” bilan varianti bor edi, biroq "matraschilar" kataloniyaliklarga futbolchi uchun zarur bo‘lgan 40 million yevroni to‘lashni istashmadi.

Forvardga "Milan" ham qiziqish bildirayotgandi, ammo "rossonerilar" bilan ham kelishuvga erishilmagan ko‘rinadi. Natijada futbolchi yana bir yilni "Jirona"da o‘tkazishga qaror qildi.

Dovbik birinchi mavsumidayoq La Liganing eng yaxshi to‘purariga aylandi. Ispaniya chempionatining so‘nggi mavsumida 27 yoshli hujumchi 36 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urgan.

Kiritildi: 18:03, 05.07.2024.
O'qildi: 1467 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.