Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Qirg‘iziston klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. «Dinamo» Qirg‘iziston klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik doirasida Qirg‘izistonda o‘tkazayotgan yig‘inda dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Issiqko‘ldagi bahsda Vadim Abramov shogirdlari Qirg‘iziston chempionati vakili «OshMU Aldiyer» jamoasiga qarshi saf tortdi. O‘yindagi dastlabki gol jamoamizda ko‘rikda bo‘lgan Sherzod Qodirovning uzatmasidan keyin Iminov tomonidan kiritilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Abdullayevning uzatmasini Shoahmedov golga aylantirdi. 37-daqiqada esa Shoahmedovning pasidan keyin Sherzod Qodirov hisobni yiriklashtirdi – 3:0.

Ikkinchi bo‘limda tarkib to‘liq o‘zgardi, faqatgina Kojo maydonda qoldirildi. 50-daqiqada Xalilovning uzatmasini Hojimirzayev golga aylantirgan bo‘lsa, 78-daqiqada jamoamizda ko‘rikda bo‘lgan braziliyalik yarimhimoyachi da Silva gol muallifiga aylandi. O‘shliklar 53 va 90-daqiqada gol urishdi, yakuniy hisob – 5:2.

«Dinamo»ning qo‘shni mamlakatdagi yig‘ini 22 iyulgacha davom etadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. Issiqko‘l.
17 iyul (chorshanba)
«OshMU Aldiyer» (Qirg‘iziston) – «Dinamo» - 2:5
Gollar: Humoyunmirzo Iminov 9, Sanjar Shoahmedov 12, Sherzod Qodirov 37, Anvarjon Hojimirzayev 50, Da Silva 78 – 53, 90.  
«Dinamo» (1-bo‘lim): Ravshanbek Yagudin, Muhammadali Tursunov, Dushan Miyich, Salim Mustafoyev, Ulug‘bek Abdullayev, Ratinyo Ferreyra, Abubakr Muydinov, Humoyunmirzo Iminov, Sanjar Shoahmedov, Sherzod Qodirov, Kojo Joel.
«Dinamo» (2-bo‘lim): Farhod Rahmatov, Vladimir Kozak, Ismoil, Vohidjon Oqbo‘tayev, Xislat Xalilov, Komil Sharofutdinov, Fransis Narx, Damir Temirov, Da Silva, Anvarjon Hojimirzayev, Kojo Joel.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:24, 18.07.2024.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик