Bild nashri xabariga ko‘ra, o‘yinda qo‘llaniladigan to‘plar Connected Ball texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u sensor yordamida tezlik, to‘pning trayektoriyasi va teginishlar haqida aniqroq ma’lumotlarni taqdim etadi, bu esa ofsaydlar va qo‘l to‘pini aniqroq aniqlash imkonini beradi.
Birinchi marta Connected Ball texnologiyasi oxirgi Yevro-2024da qo‘llanilgan. Qayd etilishicha, chipli to‘plar Superkubokda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilsa, texnologiya Bundesligada 2025/26 yilgi mavsumda paydo bo‘lishi mumkin.
Germaniya Superkubogi uchun "Bayer" – "Shtutgart" uchrashuvi 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.