Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

"Paxtakor" stadioni Superligani qabul qila olmaydi

"Paxtakor" stadioni Superligani qabul qila olmaydi

Baho:
+ | -

2024 yilgi futbol mavsumiga tayyorgarlik davrida qabul qilingan rejalar asosida "Paxtakor" stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qilishdan to‘xtadi. Stadion U-21 chempionati va Proliga uchrashuvlarini o‘tkazishi mumkin.

Sir emaski, Liga Superliga stadionlariga bo‘lgan talabni bosqichma-bosqich oshirib boradi. 2023 yilning aprel oyida "Paxtakor" stadioni tribunalaridagi holat sabab ishchi guruh tuzilgan va uning xulosasi asosida stadion tribunalarining tahminan 70 foizi xavfsizlik nuqtai nazari bilan muxlislar uchun yopib qo‘yilgandi. Buning oqibatida "Paxtakor" Chempionlar ligasining so‘nggi mavsumini "Bunyodkor" stadionida o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

O‘tgan vaqt davomida stadionni kapital ta’mirdan chiqarish masalasida ijobiy o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Shundan kelib chiqib, "Paxtakor" Elit Chempionlar ligasi musobaqasi uchun yana bir bor "Bunyodkor" stadionini OFK platformasiga joylashga majbur bo‘ldi. Liga esa reja asosida "Paxtakor" arenasini Superliga uchrashuvlarini qabul qiladigan stadionlar ro‘yxatidan chiqardi.

"Paxtakor" mavsumning ikkinchi yarmini Jar stadionida o‘tkazadi. Klub uch tomonlama tuzilgan bitimni Ligaga taqdim etdi.

Avvalroq "Surxon" Liga talabi bilan "Paxtakor" stadionida o‘ynay olmasligi aniq bo‘lgach, Samarqanddagi "Dinamo" bilan kelishuvga erishgan, "Lokomotiv" esa poytaxtdagi boshqa stadion — "Bunyodkor"ga ko‘chib o‘tishi ma’lum qilingandi.

Proliga vakillari bo‘lgan "Buxoro" va "Olimpik Mobiuz" O‘FAga qarashli "Do‘stlik" stadionida raqiblarini qabul qiladi. "Do‘stlik Toshkent" klubi esa "Paxtakor" stadionidan foydalanadi.

Kiritildi: 10:34, 30.07.2024.
O'qildi: 3454 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик