Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" Olmo uchun qancha mablag‘ sarflayotgani ma’lum bo‘ldi

"Barselona" Olmo uchun qancha mablag‘ sarflayotgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Leypsig" yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, tomonlar 26 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha to‘liq kelishib olgan. Ta’kidlanishicha, Olmoning xaridi "Barselona"ga 55 million yevro va 7 million bonusga tushadi.

Yarim himoyachining o‘zi kataloniyaliklar bilan olti yillik mehnat shartnomasini imzolaydi, deya qayd etadi Romano.

O‘tgan mavsumda Olmo barcha musobaqalarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aytish joizki, Olmo shu yozda Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioniga aylandi.

Kiritildi: 18:05, 06.08.2024.
O'qildi: 2497 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик