Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman! "Atalanta" futbolchisi Fransiya chempionatiga yo‘l oldi

Rasman! "Atalanta" futbolchisi Fransiya chempionatiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Italiyaning "Atalanta" klubi yarim himoyachisi Xans Xatebur Rennga ko‘chib o‘tdi.

Fransuz klubi yarim himoyachi bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bor.

Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, "bergamoliklar" ushbu transferdan 3 million yevro ishlab olishgan.

O‘tgan mavsumda niderlandiyalik futbolchi A Seriyada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 21:54, 06.08.2024.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик