Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

O‘zbekiston delegasiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘z tarixidagi eng zo‘r natija bilan tugatdi!

O‘zbekiston delegasiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘z tarixidagi eng zo‘r natija bilan tugatdi!

Baho:
+-1 | -

Bir necha kun butun dunyo e’tibor markazida bo‘lgan Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Dunyoning 206 mamlakatidan tashrif buyurgan eng kuchli atletlar ishtirokidagi O‘yinlarda O‘zbekiston delegasiyasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Muzaffar atletlarimiz murosasiz bellashuvlar davomida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medal qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekiston qahramonlariga aylanishdi.

Oltin medal:
Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg)
Ulug‘bek Rashitov (taekvondo WT, -68 kg)
Razambek Jamalov (erkin kurash, -74 kg)
Hasanboy Do‘smatov (boks, -51 kg)
Abdumalik Xalokov (boks, -57 kg)
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (boks, -71 kg)
Lazizbek Mullojonov (boks, -80 kg)
Bahodir Jalolov (boks, +92 kg)

Kumush medal:
Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, -102 kg)
Svetlana Osipova (taekvondo WT, +67 kg)

Bronza medal:
Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo, -100 kg)
Alisher Yusupov (dzyudo, +100 kg)
G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57 kg)

Bu natija bilan delegasiyamiz umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 13-o‘rinni egalladi. Osiyoda to‘rtinchi, shuningdek, MDH, Markaziy Osiyo mintaqasi, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ko‘plab jihatlar bilan sportimiz tarixiga muhrlanmoqda. Jumladan, birinchi bor ayol atletimiz yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi, bokschilarimiz 5 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi, Olimpiadalarda ilk bor dzyudochilarimiz 3 ta, taekvondochilarimiz esa 2 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Garchi sovrinli o‘rinlarga ko‘tarila olmagan bo‘lsalar ham qolgan ishtirokchilarimiz shiddatli bahslarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Atletlarimiz Olimpiya o‘yinlarida futbol, suvga sakrash, kamondan otish va ayollar kurashi dasturlarida debyut qildi.

Shubhasiz, bunday natijalar ortida Muhtaram Prezidentimizning sportga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklari turibdi. Olimpiadaga tayyorgarlik jarayonida har bir terma jamoalarimizga kerakli sharoitlar yaratib berildi, xorijlik mutaxassislar jalb etildi, zarur tibbiy-farmakologik vositalar bilan o‘z vaqtida ta’minlandi.

Kiritildi: 21:13, 11.08.2024.
O'qildi: 5309 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик